25 mart kuni Quriliş vazirligi rasmiysi iştirokidagi matbuot anjumanida quriliş sohasi smeta-loyihalaridagi barça atamalar rus tilida yuritilişi, quriliş sohasi qaçon özbek tiliga ötişi töğrisida savol berildi.

Savolga javob bergan vazirlik boşqarma boşliği Davron Miliyevning aytişiça, quriliş sohasiga oid texnik luğat sobiq ittifoq davrida yaratilgan, qolaversa, bugungi kunda bunday rusça atamalar işlatilişi soha odamlari uçun qiyinçilik tuğdirmaydi.

«Ittifoq davrida quriliş normalari işlab çiqilayotganda 7 jilddan iborat qurilişga oid texnik luğat yaratilgan. Luğatda armatura çet tilidan tarjima qilinmasdan olingan va qisqaça izohi berilgan. Qurilişda şunga asosan iş yuritiladi.

Avvalo, quriliş sohasida özbekça texnik luğat yöqligi vazirlik masalasi hisoblanmaydi.

Ikkinçidan, quriliş içida yurgan yoki şunga aloqador jamoatçilikda ham quriliş atamalari barça uçun tuşunarli va öşa rusça atamani osonroq tuşunişadi. Quriliş mutaxassislari armaturani boşqa nom bilan atamaydi.

Bugungi kunda ham agar iş sifatiga va loyiha-smeta hujjatlari bilan mosligiga e'tibor qaratsak, bu qiyinçilik tuğdiradi, deb öylamayman.

Şu bilan birga, quriliş sohasida bajarilgan işlar hisob-kitobi özbek tilida olib boriladi», – dedi Quriliş vazirligi boşqarma boşliği.