Xalq ta'limi vazirligiga umumiy örta ta'lim muassasalarida onlayn tarzda ta'lim olayotgan öquvçilar bahosi sun'iy pasaytirilayotgani töğrisida ma'lumotlar kelib tuşgan. Vazirlik öqituvçilardan onlayn ta'lim olayotgan öquvçilar bahosini sun'iy pasaytirmaslikni talab qildi.

Şuningdek, vazirlik hududiy boşqarmalardan onlayn ta'lim olayotgan öquvçilarning baholari sun'iy ravişda pasaytirilişiga yöl qöymaslikni söragan.

«Xalq ta'limi vazirligiga fuqarolardan kelib tuşayotgan murojaatlarda umumiy örta ta'lim muassasalarida onlayn tarzda ta'lim olayotgan öquvçilar özlaştiriş va bilimlarini baholaşda an'anaviy tarzda öqiyotgan öquvçilardan pastroq baholaş hollari uçrayotgani töğrisida ma'lumotlar kelib tuşmoqda.

Şuni inobatga olgan holda, Xalq ta'limi vazirligi barça hududiy boşqarmalardan onlayn ta'lim olayotgan öquvçilar baholari sun'iy ravişda pasaytirilişiga yöl qöymaslikni qat'iy talab qiladi.

Maktab öqituvçilaridan öquvçilarning bilim-saviyasi va özlaştiriş darajasini baholaş jarayonida, ularning ta'lim olayotgan şaklidan qat'i nazar öquvçining bilim, könikma va malakalarini haqqoniylik va işonçlilik tamoyillariga köra baholaşni ta'minlaş talab etiladi», — deyiladi vazirlik xabarida.