Özbekistonda valuta operatsiyalarini amalga oşiriş qoidalariga kiritilgan özgartirişlarga muvofiq, endi tijorat banklaridan naqd valuta mablağlarini olib kirişda Markaziy bankning ruxsati talab etilmaydi, 3 kun muddatda bu haqda Markaziy bankka xabarnoma taqdim etilişi kifoya.

Ammo tijorat banklari tomonidan naqd valuta mablağlarini Özbekiston hududidan olib çiqiş Markaziy bankning ruxsati asosida amalga oşiriladi.

MBning ruxsatini oliş uçun tijorat banklari respublikadan olib çiqişga möljallangan valutaning turi, uning summasi, valuta mablağlari qaysi davlatga olib çiqilişi, xorijiy bankning nomi, naqd valuta mablağlarini olib çiqiş maqsadlari körsatilgan arizani Markaziy bankka taqdim etişi kerak.

Tijorat banklarining naqd valuta mablağlarini olib çiqiş uçun murojaati MB tomonidan 3 bank iş kunidan oşmagan muddatda körib çiqilişi közda tutilgan.

Şuningdek, qanoatlantiriş töğrisida xulosa tasdiqlangan buyurtmalar böyiça tijorat banki va mijozlar örtasidagi barça hisob-kitoblar keyingi bank iş kunidan keçiktirilmagan holda amalga oşiriladi. Belgilangan vaqtda hisob-kitoblar yakunlanmagan bölsa, kelişuv bekor qilingan deb topiladi.

Ma'lumot uçun, şu paytgaça tijorat banklari tomonidan naqd valuta mablağlarini Özbekiston hududidan olib çiqiş va olib kiriş MB ruxsati asosida amalga oşirilgan.