Kuni-keça Toşkent şahrida nafaqat yurtimiz, balki islom olamida maşhur bölgan, uluğ alloma Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohmatullohi alayh nomlaridagi muhtaşam jome masjidning oçiliş marosimi bölib ötdi. Prezident Ş.Mirziyoyev taşabbusi bilan bunyod etilgan mazkur majmua Ramazon oyida xalqimizga katta tuhfa böldi.

11 may kuni uşbu jome masjidga Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining öğillari, boşlagan xayrli işlarining davomçisi, bir neça islomiy taşkilotlarning a'zosi va mömin-musulmonlarga juda katta xizmat qilayotgan «Hilol naşr» majmuasi rahbari Ismoil Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf imom-xatib etib tayinlandi. Şuningdek, Şayx hazratlarining suyukli şogirdlari, hofizi Kalomulloh Bahodir qori Rahmatullev esa mazkur masjid imom noibi böldi, deb xabar bermoqda Özbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

Ismoil Muhammad Sodiq kuçli ilmiy salohiyat, hayotiy tajriba va noyob iste'dod sohibi hisoblanadi. U 1976 yilda Toşkent şahrida tavallud topgan. 1994 yil «Islomiy da'vat kulliyasi»ga öqişga kirdi. Tört yil bakalavr bosqiçida, söng ikki yil magistraturada öqib, 2001 yili uşbu kulliyani tamomladi. Şundan söng, elçixonalarda, diniy ta'lim muassasalarida, naşr işlarida, sayt xizmatlarida va ta'lim markazlarida faoliyat olib bordi.

Hozirda Ismoil Muhammad Sodiq «Hilol naşr» matbaa naşriyoti rahbari hisoblanadi.

11 may kuni uşbu masjidda taroveh namozi ado etilib, xatmi Qur'on boşlanadi. Taroveh namozida Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari, ulamolar, marhum va mağfur Şayx hazratlarining yaqinlari, şogirdlari iştirok etişdi.