Özbekiston Taşqi işlar vazirligi xorijiy jurnalist Agneşka Pikulitskaning akkreditatsiyasini uzaytirmaslik töğrisida qaror qabul qildi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Yusuf Qobiljonovning axborotida aytiladi.

«Al Jazeera» telekanali muxbiri Agneşka Pikulitska-Vilçevska tomonidan Özbekiston Respublikasi qonunçiligining buzilişi holatlari qayd etilganligi sababli Taşqi işlar vazirligi uning akkreditatsiyasini uzaytirmaslik töğrisida qaror qabul qildi», deyiladi axborotda.

Joriy yil fevral oyi boşlarida polşalik jurnalist Taşqi işlar vazirligi xodimini şilqimlikda ayblab, akkreditatsiya masalasi olti oyda ham hal bölmaganini bildirgandi. Şuningdek, u öziga nisbatan bosim bölgani, ijobiy material yozişni sörab, qistov qilinganini aytgan.

Holat yuzasidan Senat raisi Tanzila Norboyeva, jamoatçilik taşkiloti rahbari Komil Allamjonov, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantiriş agentligi öz munosabatini bildirgan.

TIV munosabatida esa jurnalistga tegajoğlik qilgan xodim işdan böşatilgani ta'kidlanib, akkreditatsiya masalasi bir kunda hal bölişi ma'lum qilingandi.

2021 yil aprel oyi boşlarida esa Özbekiston Içki işlar vazirligi axborot xizmati Agneşka Pikulitskani tvitterdagi sahifasida «aslida röy bermayotgan voqealarni yoritib keliş»da ayblab, bayonot berdi.