Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Yusufbek Qobiljonovning ma'lum qilişiça, muloqot samimiy va döstona ruhda ötgan. Mustafo Suag Özbekistonning oçiqlik siyosati va xalqaro media tuzilmalar bilan hamkorlikni rivojlantirişga tayyorligini ijobiy baholagan.

Ma'lum qilinişiça, muzokaralarda Özbekiston ommaviy axborot vositalari xodimlari, taşkilotlar va idoralar matbuot xizmatlari mutaxassislarining kasb mahoratini oşiriş böyiça treninglar, seminarlar va boşqa tadbirlarni taşkil etiş, jurnalistlar tayyorlaşga ixtisoslaşgan oliy öquv yurtlari va «Al Jazeera» media instituti örtasida hamkorlikni yölga qöyiş masalasi ham muhokama qilingan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning fevral oyi boşlarida «Al Jazeera» telekanali muxbiri, polşalik jurnalist Agneşka Pikulitska Taşqi işlar vazirligi xodimini şilqimlikda ayblab, akkreditatsiya masalasi olti oyda ham hal bölmaganini bildirgandi. Şuningdek, u öziga nisbatan bosim bölgani, ijobiy material yozişni sörab, qistov qilinganini aytgan.

Holat yuzasidan keng jamoatçilik va xalqaro taşkilotlar öz munosabatini bildirgaç, TIV jurnalistga tegajoğlik qilgan xodim işdan böşatilganini ta'kidlanib, akkreditatsiya masalasini bir neça kunda hal qilib bergan.

2021 yil aprel oyi boşlarida, boşqa masala yuzasidan Özbekiston Içki işlar vazirligi axborot xizmati Agneşka Pikulitskani Tvitterdagi sahifasida «aslida röy bermayotgan voqealarni yoritib keliş»da ayblab, bayonot bergan.

Iyun oyi boşlarida Taşqi işlar vazirligi «Al Jazeera» muxbiri tomonidan Özbekiston qonunçiligi buzilişi holatlari qayd etilgan degan vaj bilan uning akkreditatsiyasini uzaytirmaslik töğrisida