Pensiya jamğarmasi qaysi holatda erkaklar 58 yoşga tölganda, ayollar esa 53 yoşga tölganda pensiya olişlari mumkinligi haqida ma'lumot berdi.

Qayd etilişiça, texnologiya, işlab çiqariş va mehnatni taşkil etişdagi özgarişlar, xodimlar soni (ştati) yoki iş xususiyatining özgarişiga olib kelgan işlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan işdan ozod etilgan va işsiz deb e'tirof etilgan erkaklar 58 yoşga tölganda pensiya oliş huquqiga ega böladilar. Faqatgina ularning iş staji kamida 25 yil bölişi talab etiladi.

Şuningdek, mazkur toifadagi ayollar ham ertaroq – 53 yoşga tölganda va iş staji kamida 20 yil bölgan taqdirda pensiya olişlari mumkin.

Jamğarmaga köra, amaldagi qonunçilikda yoşga doir pensiya oliş huquqi erkaklarga 60 yoşga tölgan va iş staji kamida 25 yil bölgan taqdirda, ayollarga 55 yoşga tölgan va iş staji kamida 20 yil bölganda beriladi.

Avvalroq, iş staji töliq bölmagan fuqarolarga pensiya qanday tayinlanişi töğrisida xabar berilgandi. Qonun böyiça Özbekistonda yoşga doir pensiya oliş uçun fuqaroning iş staji kamida 7 yil bölişi lozimligi, 7 yil va undan köproq iş stajiga ega şaxslarga pensiya iş staji miqdoriga mutanosib ravişda tayinlanişi ma'lum qilingan.

Eslatib ötamiz, 2021 yil 1 fevral holatiga köra respublikada 3 million 845 ming 462 nafar şaxs pensiya va nafaqa oladi.