Voqea videolari ijtimoiy tarmoqlarda yoyilgaç, Kun.uz hodisa tumandagi 1-sonli davlat boğçasiga oidligi, boğçaning muqaddam işdan böşatilgan rahbari sud qarori asosida lavozimiga tiklangani haqida xabar berdi.
«Bizga Bekbergenovaday rahbar kerak emas! Biz sud qaroridan norozimiz», deya yozilgandi yölni tösgan tarbiyaçilar kötargan bannerlarda.
1 aprel kuni Özbekiston Oliy sudi matbuot xizmati Qonliköldagi 1-sonli MTT direktori lavozimiga tiklangan Elmira Bekbergenovaning fuqarolik işi yuzasidan rasmiy axborot berdi.
Ma'lum qilinişiça, da'vogar Elmira Bekbergenova javobgar Qoraqalpoğiston Maktabgaça ta'lim vazirligiga nisbatan mehnat şartnomasini bekor qiliş töğrisidagi buyruqni bekor qiliş, işga tiklaş, içki mehnat tartibi qoidalarini tasdiqlaş tartibi buzilgan deb topiş haqidagi da'vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan.
Fuqarolik işlari buyiça Nukus tumanlararo sudining 2021 yil 24 martdagi hal qiluv qarori bilan, da'vogar Bekbergenovaning da'vo talablari qisman qanoatlantirilib, Qoraqalpoğiston MTVning 2020 yil 21 dekabrdagi K-182-sonli buyruği bekor qilingan, Bekbergenova lavozimiga tiklangan.
Iş hujjatlariga köra, Bekbergenova bilan tuzilgan mehnat şartnomasi xodim öz mehnat vazifalarini bir marta qöpol ravişda buzgani uçun iş beruvçining taşabbusi bilan bekor qilingan (Mehnat kodeksi 100-modda 2-qism 4-bandi asosida).
Şartnoma bekor qilinişiga vazirlik tomonidan 2020 yil 18 dekabrda boğçada ötkazilgan tekşiruv natijalari böyiça tuzilgan ma'lumotnoma asos qilib keltirilgan.
Sud bu ma'lumotnomada keltirilgan holatlar isbotlanmagani, holat yuzasidan olib borilayotgan suriştiruv işlari böyiça Bekbergenovaning aybini tasdiqlovçi sud hukmi yöqligi va mehnat şartnomasini bekor qiliş çoğida kasaba uyuşmasi qömitasining roziligi olinmaganini inobatga olib, iş beruvçining buyruğini noqonuniy deb topgan va bekor qilgan.
Sudning hal qiluv qarori bilan Elmira Bekbergenova 1-sonli davlat boğçasi direktori lavozimiga tiklanib, FPKning 266-moddasi 4-bandiga asosan, darhol ijroga yuborilgan.


















