Göşt mahsulotining narxiga çetdan olib kiriladigan çorva soni ham ta'sir qiladi. Rasmiy statistikaga köra, ötgan 2020 yil davomida Qirğizistondan Namangan viloyatiga 10 801 boş qoramol olib kirilgan. 

Namanganga Jalolobod viloyati gubernatori boşçiligida taşrif buyurgan delegatsiya bilan bölib ötgan biznes-forum davomida çegara orqali çorva olib ötişga möljallangan maxsus punkt loyihasi taqdim qilindi.

“Kirgiz eko eksport“ korxonasi boş direktori Ulan Maksimobekovga köra, bu loyiha ikki bosqiçdan iborat bölib, birinçi bosqiçida çorva mollari böyiça sanitariya post, veterinariya tekşiruvi, laboratoriya, mol söyadigan joylarni hamda teri va junni qayta işlov sexlari qurişni öz içiga oladi.

Bu maskan Olabuqa tumani Qizilqöl uçastkasidan Kosonsoy tumaniga ötişda taşkil etiladi. Taşkil etiladigan joy Kosonsoy şahridan 4 km yuqorida joylaşgan. 

Mazkur loyihaga 20 gektar yer ajratilgan bölib, yer bilan boğliq hujjatlar töliq tayyor holatga keltirilgan. 

Ulan Maksimobekovning aytişiça, hozirgi kunda suv, elektr energiyasi va boşqa muammolar hal etilmoqda.

"Xudo xohlasa çegaralar oçilişi bilan, bizning loyiha ham ikki viloyat keluşuvlari negizida amalga oşadi deb işonamiz", - deydi loyiha taqdimotçisi. 

Loyihaning asosiy maqsadi - çorva mollarini boşqa yuklarga aralaşmagan holda olib ötişdan iborat.

Boş direktorning sözlariga köra, Bugungi kunda Jalolobod viloyatida 380 mingdan oşiq qoramol, 1.5 mln.dan ortiq mayda jonliqlar (qöy, eçki)  va  200 mingdan oşiq yilqi mavjud.