Kreml Toğli Qoraboğda Ozarboyjon harbiylari tomonidan topilgan «Iskander» operativ-taktik raketa majmuasiga tegişli raketa parçalari töğrisida ma'lumotga ega emas. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.
«Raketa borasida heç narsa deya olmayman, ma'lumotga ega emasman», — dedi u jurnalistlarning savollariga javoban.
2 aprel kuni Ozarboyjonning hududlarni minalardan tozalaş agentligi (ANAMA) Toğli Qoraboğ hududida «Iskander» raketasi parçalari topilgani haqida xabar qilgandi. Qayd etilişiça, raketa parçalari 15 mart kuni Şuşa şahrini minalardan tozalaş vaqtida topilgan.
25 fevral kuni Rossiya mudofaa vazirligi Armaniston Toğli Qoraboğdagi nizo vaqtida Rossiyaning «Iskander» raketa majmualaridan foydalanmaganini ma'lum qilgandi. Vazirlik barça raketalar Armaniston qurolli kuçlarining omborlarida turganini ta'kidlagandi.
Bundan avval esa Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan «Iskander» raketalari portlamagani yoki faqat ön foizga portlagani haqida aytgandi.

















