Samarqand şahridagi maktabda bir nafar öquvçida koronavirus aniqlangan. Şu sababli maktab 14 kunlik karantinga yopilgan. Bu haqda viloyat xalq ta'limi boşqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, joriy yilning 7 aprel kuni Samarqand şahar sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi tomonidan olib borilgan epidemiologik suriştiruv çoğida şahardagi 35-umumta'lim maktabining bir nafar öquvçisida Covid-19 kasalligi aniqlangan.
Şundan söng, şahar sanitariya-epidemiologiya osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimining 2021 yil 8 apreldagi 5-sonli qaroriga asosan 35- umumta'lim maktabi 14 kun mobaynida faoliyatini onlayn olib borişi böyiça qaror qabul qilingan.
Inha universiteti karantinga yopildi. Talabalardan birida virus aniqlangan
Buxoro şahrida maktab öquvçisida koronavirus aniqlandi. Maktab bugundan karantinga yopilgan













