Qöqon şahrining ayrim köçalarida sun'iy notekisliklar örnatilib, u şahardagi haydovçilarning e'tirozlariga sabab bölayotgan edi. 

Kun.uz muxbiri Qöqon şahrining Beruniy va Turon köçasida örnatilgan sun'iy notekisliklarning örnatiliş sababi bilan qiziqib, Qöqon şahar IIO FMB YHXB tarğibot inspektori, katta serjant Isroiljon Qambarov bilan boğlandi.

YHXB inspektorining ma'lum qilişiça, uşbu notekisliklar yöl-transport hodisalari, noxuş holatlarning oldini oliş maqsadida sinov tariqasida örnatilgan. 

«Agarda uşbu köçalarda sinov muddati davomida yöl-transport hodisalari sezilarli darajada kamaysa, sun'iy notekisliklar Qöqon şahridagi barça maktablar va boşqa ta'lim muassasalari oldidagi yöllarda ham örnatiladi», - deya ta'kidladi I.Qambarov.

Şuningdek, uşbu sa'y-harakatlar  bolalar xavfsizligi va salomatligi yölida amalga oşirilayotganligi bildirildi.

Ma'lumot uçun, hozirda Qöqon şahrining Turon köçasida joylaşgan Qöqon davlat pedagogika instituti hamda Beruniy köçasida joylaşagan 20-maktab oldiga sun'iy notekisliklar örnatilgan.