Joriy yil yanvar oyida Qarşi davlat universitetida tölov-kontrakt asosida ikkinçi kursda tahsil olayotgan talaba özini osib, joniga qasd qilgan. Şundan söng ijtimoiy tarmoqlarda talaba öqituvçisi imtihondan ötişi uçun pul söragani tufayli özini osgan degan taxminlar bildirildi. Qarşi davlat universiteti mazkur hodisa yuzasidan munosabat bilan çiqdi.

Munosabatda ma'lum qilinişiça, marhum R.F. Qarşi davlat universiteti fizika-matematika fakultetining informatika öqitiş metodikasi yönalişi 2-kursida tahsil olgan. 2021 yil 26 yanvar kuni toğasining uyida özini osib, joniga qasd qilgan.

Şundan söng 2021 yil 29 yanvar kuni ertalab universitet psixologi A.Husanov, informatika öqitiş metodikasi kafedrasi mudiri I.Yuldoşev, guruh rahbari L.Safarov, Muborak tuman «Geolog» mahalla fuqarolar yiğini raisi N.Aşirov hamrohligida Rustam Madaminov xonadoniga ta'ziya bildirgani borgan. U yerda marhum R.F.ning otasi guruh murabbiyi L.Safarov bilan batafsil suhbatlaşgan, oilasining universitet rahbariyati va öqituvçilar jamoasiga heç qanday e'tirozi yöqligini, öğlining ölimidan qattiq qayğuda ekanini bildirgan.

«Binobarin, Qarşi davlat universiteti uşbu hodisa batafsil örganilgani, heç kimga tazyiq ötkazilmagani va heç qaçon bosti-bosti qilinmaganini ma'lum qiladi!» deyiladi munosabatda.