Qarşi şahrida yaşovçi fuqarolardan biri suv ta'minoti korxonasi tomonidan asossiz qarz qilingan va tarmoqdan uzib qöyilgan. Bu haqda Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Qarşi şahrida yaşovçi fuqaro U.Eşmöminova kommunal tölovlarni öz vaqtida tölab kelgan bölsa-da, suv ta'minoti korxonasi tomonidan unga 3 million 78 ming söm asossiz qarzdorlik hisoblangan va xonadon içimlik suvi tarmoğidan uzib qöyilgan.

Şundan söng, u mazkur masala böyiça iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş agentligiga murojaat qilgan. Murojaatda keltirilgan holatlarni örganiş davomida aniqlanişiça, ta'minotçi tomonidan iste'molçi xonadonida foydalanilgan suv ta'minoti uçun asossiz ravişda ortiqça tölov talab qilingan. Aslida esa, iste'molçida heç qanday qarzdorlik mavjud emasligi ma'lum bölgan.

Qayd etilişiça, suv ta'minoti korxonasi mas'ul xodimlarining e'tiborsizligi tufayli hisob-kitob dasturida fuqaro U.Eşmöminovaning nomiga boşqa fuqaroning qarzdorligi kiritib ketilgan.

Ta'kidlanişiça, agentlik aralaşuvidan söng, muammo hal bölgan. Xususan, iste'molçi suv tarmoğiga qayta ulab berilgan va asossiz hisoblangan 3 million 78 ming söm tölov qayta hisob-kitob qilingan.