Jizzax viloyati hokimi Ergaş Soliyevning qiziga tegişli kompaniya 2020 yilda 4 milliard sömga yaqin davlat buyurtmasiga ega çiqqan. Jamoatçilik bundan xabar topgaç, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tekşiruv boşlaganini e'lon qilgandi. Oradan deyarli 4 oy ötgan bölsa-da, tekşiruv natijalari ma'lum qilinmadi.

Ergaş Soliyevning öğli va ukasiga tegişli kompaniyalar viloyatdagi yirik loyihalarga egalik qilayotgani haqidagi suriştiruvga esa agentlik munosabat bildirmay kelmoqda.

Kun.uz muxbiri 15 aprel kuni mazkur idora mas'ullari iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida bu holatlar yuzasidan nima uçun izoh berilmayotgani haqida söradi.

«Agentligimiz tomonidan manfaatlar töqnaşuvi, tenderlar masalasida doimiy ravişda monitoringlar olib borilyapti. Jizzax masalasi böyiça ham vakillarimiz joyiga çiqib örganişlar ötkazgan. Töplangan barça hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi idoralarga yuborilgan.

Aynan Jizzax böyiça örganişlar qilib, materiallarni Boş prokuraturaga berganmiz», – deya javob berdi Aksilkorrupsiya agentligi boşqarma boşliği Zuhriddin Qodirov.

Muxbirning: «Nima uçun agentlik vazir va viloyatlar hokimlariga taalluqli masalalarga kelganda sekin harakat qiladi?» degan savoliga javoban, agentlik mas'ul xodimi Bekzod Rahmonov bu fikrga qöşilmasligini bildirdi.

«Bu fikringizga qöşilmayman, çunki buni baholaş metodologiyasi hali mavjud emas. Lekin har bitta holat böyiça agentlik öz vakolati doirasida işlarni amalga oşiryapti.

Siz aytgan holat böyiça biz örganiş ötkazib, ma'lumotlarni prokuraturaga ötkazganmiz. Bu ma'lum vaqt talab qildi. Endi prokuratura bunga huquqiy baho beradi. Oxirida sudning hukmi çiqqanidan keyingina biz buni ommaga e'lon qilişimiz mumkin. Bundan oldin bu haqdagi ma'lumotlarni OAVga beriş maqsadga muvofiq emas, çunki bu yerda aybsizlik prezumpsiyasi bor. Inson hayoti, obro‘-e'tibori bor», – dedi korrupsiya bilan kuraşuvçi organ rasmiysi.