Prezidentning Samarqandga taşrifida turizm asosiy mavzulardan biri böldi, soha rivojiga doir yangi loyihalar taqdim etildi.

Ma'lumotlarga köra, 2019 yilgi mavsumda bu şahardagi mehmonxonalarda böş joy bölmagan. 2021 yilning mart oyida esa, pandemiya bölişiga qaramay, Registon maydoniga 150 ming kişi taşrif buyurgan.

Boş vazir örinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov jurnalistlarga bergan intervyusida Samarqandning turizm salohiyatidan yaxşiroq foydalaniş uçun nimalar qilinayotgani haqida ma'lumot berdi.

«Biz Samarqand turizm salohiyatining 5 foizidan ham foydalana olmayapmiz. Mana, Samarqand aeroportini olaylik. 2021 yilda bu aeroportdan 165 ming yölovçi foydalanişi rejalaştirilgan. Misol uçun, qöşni davlatlarning poytaxt bölmagan Öş, Çimkent kabi şaharlari aeroportlaridan yiliga 1,3–1,5 mln yölovçi foydalanyapti.

Prezidentimiz bu borada topşiriq berdilar, Samarqand aeroporti yölovçilar hajmini 7–10 marotaba oşirişimiz lozim. Buning uçun biz «oçiq osmon» tamoyilini yölga qöyyapmiz. Hozirda dunyoning 15–20 ta yirik aviakompaniyalari parvozlarni yölga qöyişga tayyor turişibdi. Ularga tezkor xizmat körsatiş, yoqilği narxini arzonlaştiriş, aeroport tölovlarini kamaytiriş kabi yengilliklar beriladi.

Turistlar oqimini oşiriş uçun arab davlatlari bilan hamkorlikni kuçaytiryapmiz. Qatar, Kuvayt kabi davlatlar fuqarolari ziyorat turizmi uçun kelişadi va boşqa hududlardagi sayyohlardan farqli ravişda bir neça kunlab qolişadi», – dedi boş vazir örinbosari.

Aziz Abduhakimov «Samarqand turizm markazi»da bölib ötgan taqdimot çoğida ma'lum qilişiça, 2020 yilda şahardagi mehmonxonalar soni 160 ta bölgan bölsa, 2025 yilga borib ular 296 taga, mehmonxonalardagi jami örinlar esa 6700 tadan 20700 taga yetkazilişi reja qilingan.

Şuningdek, 2021–2022 yillar davomida jami qiymati 7,18 trln söm bölgan 210 ta loyiha amalga oşirilişi közda tutilgan.

Eslatib ötamiz, Samarqand viloyati markazi Gulobod qörğoniga köçirilib, şahar hududi kengayişi, natijada aholisi 1 millionni taşkil etişi kutilmoqda.