Sirdaryo viloyatining Oq oltin tumanida uçta maşina iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölgan. Oqibatda ikki kişi vafot etgan. Yana ikki kişi oğir tan jarohatlari bilan şifoxonaning jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. Bu haqda vilot IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 18 apreldan 19 aprelga ötar keçasi soat 00:30 larda M39 Olmaota-Toşkent-Termiz xalqaro avtomobil yölining Sirdaryo viloyati Oq oltin tumani hududidan ötuvçi 918 kilometrida ayançli yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Mazkur yölda harakatlanib kelayotgan «Isuzi» yuk maşinasi ortidan kelayotgan maşinaga yöl beriş uçun yölning öng tarafiga ötgan va yöl çetida töxtab turgan «Neksiya» maşinasini urib yuborgan. Natijada, «Neksiya» özidan biroz oldinda töxtab turgan «ZIL» yuk maşinasiga borib urilgan.

Oqibatda «Neksiya» içida bölgan ikki nafar şaxs hodisa yuz bergan joyning özida halok bölgan. «Neksiya»da bölgan yana ikki nafar şaxs oğir tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlaşmasiga qaraşli şifoxonaning jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.

Suriştiruvda ma'lum bölişiça, ortidan kelayotgan maşinaga yöl bermoqçi bölib öng tarafga ötgan «Isuzi» yuk maşinasi haydovçisi ehtiyotsizlik bilan qaltis harakat qilgan.