Buloqboşi tumani Davlat soliq inspeksiyasi davlat soliq boş inspektori firibgarlik jinoyati ustida uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departament, DXX va DSQning Andijon viloyati boşqarmalari tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş yuzasidan tezkor tadbir ötkazilgan.

Tadbir davomida, Buloqboşi tumani Davlat soliq inspeksiyasi davlat soliq boş inspektori M.X. öz xizmat mavqeyidan foydalanib, fuqaro A.ning otasiga tegişli 0,33 gektar noturar yer maydonining soliq qarzdorligi mavjud bölmasa-da, uşbu yer maydoni böyiça 30 mln söm soliq qarzdorligi borligini aytib, uşbu qarzdorlikni bartaraf qilib berişi evaziga 15 mln sömni firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Avvalroq, Andijonda 100 gektar yer ajratib beriş evaziga 128 ming dollar olgan mansabdor şaxslar qölga olingani xabar qilingandi.