2021 yil 21 aprelda dunyo universitetlari reytingi – Times Higher Education agentligi tomonidan University Impact Ranking natijalari e'lon qilindi. Unga binoan, Buxoro davlat tibbiyot instituti 100 balldan 36.9 ball töplab, umumiy reyting böyiça dunyoning 1115 ta universiteti orasida 801-1000 örinni qayd etdi.
University Impact Ranking 2015 yilda BMTga a'zo barça mamlakatlar tomonidan qabul qilingan Barqaror rivojlaniş maqsadlariga asoslangan bölib, u dunyo universitetlarining öz mamlakatlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişiga qöşgan hissasini baholaş uçun yaratilgan.
Buxoro davlat tibbiyot instituti 17 ta barqaror rivojlaniş maqsadlaridan 5 tasida iştirok etib, quyidagi natijalarga erişdi:
- soğliqni saqlaş: 49.0 ball – 401-600 örin (871 ta OTM örtasida);
- ta'lim sifati: 33.9 ball – 601-800 örin (966 ta OTM örtasida);
- infrastruktura va innovatsiya: 14.9 ball – 601+ örin (680 ta OTM örtasida);
- gender tengligi: 44.5 ball - 301-400 örin (669 ta OTM örtasida);
- barqaror rivojlaniş uçun global hamkorlik: 17.6 ball – 1001+ örin (1154 ta OTM örtasida).
Reytingdan, şuningdek Özbekistonning boşqa 11 ta OTMlari ham örin olişdi.
















