Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi oliy va örta maxsus ta'lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida amalga oşirilgan işlar yuzasidan ma'lumot berdi.
Agentlik matbuot kotibi Durdona Oçilova Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, ayrim OTMlarda korrupsiyani keltirib çiqarayotgan omillar, unga sabab bölayotgan şart-şaroitlar, budjet va budjetdan taşqari mablağlardan foydalaniş, iş haqi, stipendiya va boşqa tölovlarning tölanişi hamda davlat xaridlarini amalga oşirişda qonunçilikka rioya etilişi örganilganida, qator qonunçilik talablari buzilgani aniqlangan.
“Buxoro davlat tibbiyot institutida 137 mln sömga yaqin stipendiya, iş haqi va boşqa tölovlar noqonuniy tölangan hamda xodimlarni rağbatlantirişda ijtimoiy adolat va tenglik prinsiplari buzilgan.
Şuningdek, joriy yil uşbu ta'lim muassasasida innovatsiya sohasiga aloqasi bölmagan texnik xodim innovatsiya sohasi böyiça rağbatlantirilgan. Institut akademik litsey binosini ta'mirlaş böyiça berilgan 27,5 mlrd sömdan ziyod e'lon örganilganida, quriliş işlari aslida bajarib bölingani ma'lum böldi”, – deyiladi Kun.uz’ga taqdim qilgan axborotda.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi oliy va örta maxsus ta'lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida işlar davom ettirilişini ma'lum qildi.
Avvalroq, oliy ta'lim tizimida davlat xaridlari va tölovlar böyiça milliardlab sömlik qonunbuzilişlar aniqlangani xabar qilingan edi. Xususan, Buxoro davlat universiteti tomonidan quriliş tanlovlarini ötkazişda 20 milliard sömlik, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan ötkazilgan 1,1 milliard sömlik tanlovlarda davlat xaridlariga oid qonun talablariga rioya etilmagan.

















