Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan 21 aprel, çorşanba kuni Farğona davlat universiteti hamda Qöqon davlat pedagogika instituti rektorlari işdan olindi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Farğona davlat universiteti rektori Ravşan Hasanoviç Maqsudov hamda Qöqon davlat pedagogika instituti rektori Ma'mirjon Yusupoviç Otajonov respublika Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan lavozimidan ozod qilindi.

Eslatib ötamiz, oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toşqulov tomonidan Qöqon davlat pedagogika instituti keskin tanqid qilingan bölib, vazir institutda öquv auditoriyalarining ayançli holati, eski öquv reja va dasturlar bilan işlayotgan pedagoglar, institutning moddiy imkoniyati mavjud bölsa-da, ahvolni özgartirişga harakat qilmayotgan institut rahbariyatini tanqid qilgan edi.
13 aprel kuni prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida yoşlar bandligi masalalari böyiça ötkazilgan videoselektor yiğilişida, yoşlar bilan işlaşni öz holiga taşlab qöygani uçun Farğona davlat universiteti, Samarqand davlat arxitektura-quriliş instituti hamda Qöqon davlat pedagogika instituti rektorlari, şuningdek, Toşkent kimyo-texnologiyalar instituti Yangiyer filiali direktori lavozimidan ozod etilişi bildirilgan. Boşqa rektorlar qat'iy ogohlantirilgan edi.











