Prezidentning 2021 yil 14 apreldagi qarori bilan 2021 yil 9 fevraldagi «Qorakölçilik tarmoğini yanada rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Hujjatga muvofiq, bir qator özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Moliya vazirligi tomonidan qorakölçilik sohasini yanada rivojlantirişga ajratiladigan mablağlar miqdori oşirildi. Moliya vazirligining vaqtinça böş turgan mablağlari hisobidan 2021 yilda 15 fevralga qadar 100 mlrd söm, 1 mayga qadar 50 mlrd söm va 1 avgustga qadar 50 mlrd söm mablağlarni ajratiş topşirildi. Uşbu mablağlar ostida davlat budjeti va davlat maqsadli jamğarmalari mablağlari, budjetni qöllab-quvvatlaş uçun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya taşkilotlari kreditlari, suveren xalqaro obligatsiyalarni çiqariş va qonun bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar nazarda tutiladi. Mablağlar Markaziy bank asosiy stavkasida ajratiladi (ilgari Moliya vazirligi tomonidan «Turonbank» ATBga ajratiladigan mablağlar miqdori 100 mlrd sömni taşkil etgan).

Endi Respublika «Qorakölçilik» uyuşmasi a'zolari bir yillik imtiyozli davr bilan, Markaziy bank asosiy stavkasiga ikki foizli bank marjasini qöşiş orqali hisoblangan stavka böyiça xomaşyo, materiallar va furnituralar sotib oliş uçun 3 yillik muddatga kredit olişlari mumkin.

Pillaçilik va qorakölçilikni rivojlantiriş qömitasiga «Turonbank» ATB bilan birgalikda ajratilayotgan mablağlar maqsadli yönaltirilişini taşkil qiliş va har çorak yakuni böyiça mablağlar sarflanişi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi hamda Moliya vazirligiga hisobot kiritilişini ta'minlaş topşirildi. Ajratilgan mablağlar maqsadli işlatilişi Moliya vazirligi Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan nazorat qilinadi.

2022 yil 1 yanvarga qadar qorakölçilikni rivojlantiriş loyihalarini amalga oşiriş doirasida xarid qilinadigan tovarlar (işlar, xizmatlar) va transport vositalari bojxona bojidan ozod qilinadi.

Hujjat qorakölçilik tarmoğini yanada rivojlantiriş, sohada nasl körsatkiçlarini yaxşilaş, ozuqa bazasini mustahkamlaş, şuningdek işlab çiqarilayotgan mahsulot sifati va eksportbopligini oşiriş maqsadida qabul qilingan.