22 aprel kuni Qozoğistonning Olmaota şahrida an'anaviy «Markaziy Osiyo 2020 HR-brendi» eng yaxşi loyihalarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Uşbu marosimda Beeline, Korzinka.uz, Air Astana, Efes Kazakhstan, Hilti, Kazdream, Astra Zeneca, Kazatomprom, Home Credit Bank, VTB, Leroy Merlin singari mintaqaning maşhur brendlari öz loyihalarini taqdim etdi.
Artel kompaniyasi ham öz loyihalarini taqdim etdi va «Xodimlar motivatsiyasi» loyihasi bilan «Dunyo» nominatsiyasida mukofot oldi. Artel kompaniyada xodimlarni rağbatlantiriş tizimini takomillaştiriş böyiça loyihani taqdim etdi. Uşbu loyiha Artel kompaniyalar guruhida xodimlarni boşqarişning sifat jihatdan yangi tizimini joriy etiş böyiça Mercer xalqaro konsalting kompaniyasi bilan samarali hamkorlikning natijasidir.

Artel korxonalar guruhining Xodimlar bilan işlaş departamenti rahbari Lazizbek Mamatov kompaniyaning rivojlanişi uçun doimiy ravişda takomillaştiriş zarurligini ta'kidlab quyidagilarni aytdi:
– Uşbu mukofotda iştirok etişning özi kompaniyalarni HR-jarayonini tubdan qayta körib çiqişga undaydi. Markaziy Osiyodagi eng kuçli kompaniyalar bilan raqobatlaşiş uçun siz nafaqat eng yaxşi iş beruvçi bölişingiz, balki xalqaro hamjamiyatning yuqori me'zonlari va tendensiyalariga javob berişingiz kerak.

Uşbu mukofotda ğoliblikni qölga kiritiş Artel kompaniyasining HR-loyihasi Rossiya, Qozoğiston, Özbekiston va Qirğizistonning nufuzli hakamlar hay'ati tomonidan baholanişi va tan olinişi hisoblanadi.
Reklama huquqi asosida

















