Surxondaryo viloyati Şerobod tumanida belgilangan tezlik me'yorlarini buzib harakatlangan «Nexia-2» haydovçisi yöl-transport hodisasini sodir etgan. Oqibatda uning yonida yölovçi sifatida ketayotgan otasi oğir tan jarohatlari olib, tuman şifoxonasida vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 24 aprel kuni soat 10:30 atrofida M39 Olmaota — Toşkent — Termiz xalqaro avtomobil yölining Surxondaryo viloyati Şerobod tumanidan ötuvçi 1412-kilometrida ayançli yöl-transport hodisasi sodir bölgan. 31 yoşli haydovçi boşqaruvidagi «Nexia-2» avtomaşinasi yöl çetidagi himoya beton tösiqqa borib urilgan. Natijada, maşinaning old örindiğida yölovçi sifatida ketayotgan haydovçining otasi oğir tan jarohatlari olib, tuman şifoxonasining jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. Ammo körsatilgan tez tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan mazkur yöl-transport hodisasining sabablari örganilganda, haydovçi belgilangan me'yordan tez harakatlangani va boşqaruvni yöqotib, beton tösiqqa borib urilgani aniqlangan.