Furqat tumanida tuğilib voyaga yetgan Mohinabonu Abdullayeva Polşaning Kelse şahrida boks böyiça yoşlar örtasida ötkazilgan jahon çempionatida kumuş medalni qölga kiritdi.

Farğona viloyatining Furqat tumanida istiqomat qiluvçi boksçi qiz Mohinabonu Abdullayeva Polşaning Kelse şahrida ötkazilgan boks böyiça yoşlar örtasida jahon çempionatida muvaffaqiyatli iştirok etdi. 64 kilogrammlik vaznda barça raqiblaridan ustun kelgan Mohinabonu finalda rossiyalik boksçi Azaliya Amineva bilan ringga çiqib, öz vazn toifasida ikkinçi örinni egalladi va kumuş medal sohibasi böldi.

Furqat tumanining Şoyimbek şaharçasida Mohinabonu Abdullayevani kutib oliş marosimi bölib ötdi. 

Furqat tumani hokimi Jahongir Jumanov çempion qiz bilan faxrlanişini bildirib, uning kelgusidagi faoliyatiga omad tiladi. 

«Barçasi hayajonli ötdi. Men uddalaganimga hamon işonmayapman. Ustozlarim va yaqinlarim yuzini yuruğ qilganimdan mamnunman», — deydi sportçi qiz  Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.