Andijon viloyatida 10-sinf öquvçilari M.U. va N.M. qalbaki PZR tahlili natijalarini tayyorlab bergan vaqtida uşlandi.  

Xöjaobod tumanidagi örta maktabning 10-sinf öquvçilari 2004 y.t. M.U. hamda 2004 y.t. N.M. «Döstlik» çegara nazorat posti yaqinida tezkor tadbirga xolis xaridor sifatida jalb etilgan 2 nafar fuqaroga 110 000 sömga PsR (COVID-19 tahlil ma'lumotnomasi) qilib beramiz, deb aytadi. Ular tadbir iştirokçilaridan fuqarolik pasportini olib, 20 daqiqadan söng 2 dona COVID-19 tahlil ma'lumotnomasini olib kelib berib, 110 000 söm pullarni olgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan uşlangan.  

Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlaş boş boşqarmasi xabar bermoqda.

Tadbir davomida M.U.ning yaşaş xonadoni közdan keçirilganida 45 dona Andijon viloyati SEOM ğazna kirim orderi (Forma №KO) blankasi, 30 dona koronavirus (COVID-19) infeksiyasiga tekşirilgan test natijasi haqida ma'lumotnoma blankasi hamda 1 dona «ASeR» noutbuk va 1 dona «YeRSON» rangli printeri borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan tergovga kadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Andijonda 40 million sömlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlangan edi.