Nihoyatda kuçli dovul Olot, Qoraköl, Romitan va Şofirkon tumanlaridagi köplab qişloqlarga ziyon yetkazadi. Odamlar yaşab turgan uylarning şifti uçib ketgan, ekinlarga ziyon yetgandi. Ayniqsa, Olot va Qoraköl tumanlarida zarar kölami köproq böladi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev Olot tumaniga borib, vaziyatni öz közi bilan körgan, aholini tinçlantirgan, barça zaruriy yordam körsatilişiga va'da bergandi.

Köp ötmay Olotga quriliş materiallari ajratiladi. Yurtdoşlarimiz haşarga otlanadi. Köplab vatandoşlarimiz buxoroliklarga xayriya qilib, buxoroliklarga yelka tutişadi.

Jumladan, Kun.uz sayti tahririyati ham Buxoroga yordam xayriya aksiyasini ötkazib, Olot, Qoraköl va boşqa qöşni tumanlarda talafotdan aziyat çekkan xonadonlarga hamyurtlarimizning beminnat yordamlarini yetkazib bergandi. Kutilmagan tabiiy ofat xalqimizning insonparvarligini yana bir bor namoyon etib bergandi.  

Oradan bir yil ötib biz yana Olot tumanida böldik. Tabiiy ofat töliq bartaraf etilgan. Ammo bir oni ham hali heç kimning yodidan çiqmagan. Olotliklar öşa kunni qörqinç tuş kabi eslaşadi.

Feruza Rajabova

«Öşa kuni iftorlik payti edi. Mana şu siz körib turgan hovlimiz bir zumda tomlar uçib tuşib, vayrona avholga kelib qoldi. Köçaga çiqadigan holat emas edi. Davlat taşkilotlarining tom qismi ham uçib bizning uyimiz oldigaça kelgandi. Ertasi kuni kuçli yomğir yoğib, uylarimiz tomidan ötib, xonadon içlarini ham yomon avholga keltirdi.

Butun Olot xalqi aziyat çekkandi. Ammo talafotdan keyin butun Özbekistondan ustalar, yordamçilar kelib tun-u kun işlaşdi. 10 kun deganda elektr toki qayta tiklandi. Hokimiyat vakillari tomonidan berilgan yordam sabab, qöşni tumanlardan odamlar kelib, boşqa viloyatlardan harbiylar yordami bilan bir oy deganda köçalar uylar qayta tiklandi. Mana şu hodisaga bir yil bölibdi. Şukr deymizki, bizdan heç kim vafot etmagandi. 74 yoşga kirgan onam ilgari bunday voqea bölganini eslamaydilar», — deydi hamşira bölib işlaydigan Feruza Rajabova.