Ma'lumot örnida aytiş mumkin, MDH davlatlari Koordinatsion transport birlaşmasiga unga a'zo 9 davlatning transport sohasidagi 34ta oliygoh hamda 21ta ilmiy tadqiqot muassasalari qamrab olingan. Xususan, Toşkent davlat transport universiteti ham mazkur birlaşma a'zosi.

 

Uşbu xalqaro anjumanning maqsadi – MDH makonida samarali integratsiyalaşgan transport tizimini rivojlantirişda ta'lim va ilmiy hamkorlik istiqbollarini belgilaş, transport va kommunikatsiya sohasi oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy asoslangan innovatsion ğoya va işlanmalarni yaratişdan iborat.

Toşkent davlat transport universiteti rektori Odil Abdurahmonov ilk marotaba ötkazilayotgan xalqaro anjumanda iştirok etib, nutq sözladi.

Anjuman oçilişida MDH mamlakatlarining 100 nafardan ortiq nufuzli universitetlari rektorlari, olimlar, mutaxassislar hamda transport va logistika kompaniyalari vakillari iştirok etdi.

– Toşkent davlat transport universiteti taşabbusi bilan MDH davlatlari transport sohasi vakillari va olimlarining muloqoti taşkil etilganini kutilgan jarayon deb hisoblayman, – dedi Rossiya Federatsiyasi Sibir davlat transport universiteti professori Anatoliy Davidov. – Asli özbekistonlik bölganim bois, bu universitet taşkil etilgan ilk kundan faoliyatini kuzatib boryapman. Universitetning ğoyalari xalqaro hamkorlar va yuksak innovatsiyalarga ehtiyoj sezayotganini his qilib turibman. Men rahbarlik qilayotgan transport iqtisodiyoti kafedrasi 2020 yil Rossiyaning eng yaxşi iqtisodiyot kafedrasi maqomiga ega böldi. Toşkent davlat transport universitetining turdoş kafedrasi bilan har tomonlama hamkorlik qiliş istagini bildirmoqçiman.

Ilk bora ötkazilgan xalqaro anjuman öz maqsadini töla oqladi, deyiş mumkin. Anjuman davomida sohaga ixtisoslaşgan oliy ta'lim muassasalari özaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaş, yutuqlarni ommalaştiriş, muntazam tajriba almaşişga kelişib oldilar.

Toşkent davlat transport universiteti matbuot xizmati