Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Vatikanni Putin bilan uchrashish uchun eng yaxshi joy deb atadi
Uning so‘zlariga ko‘ra, «Vatikan boshqalardan ajralib turadi: u axloqiy kuch bo‘lib, hech qanday harbiy-siyosiy yoki iqtisodiy manfaatlarni ko‘zlamaydi».
Vatikan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish uchun eng yaxshi joy bo‘lishi mumkin, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy La Reppublica gazetasiga bergan intervyusida. Intervyu matni Ukraina prezidenti ofisi saytida joylashtirildi.
«Ha, u barcha nuqtai nazardan eng maqbul joy bo‘lishi mumkin edi. Vatikan — darhaqiqat tinchlik to‘g‘risida gaplashish uchun eng yaxshi joy», — dedi Zelenskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «Vatikan boshqalardan ajralib turadi: u axloqiy kuch bo‘lib, hech qanday harbiy-siyosiy yoki iqtisodiy manfaatlarni ko‘zlamaydi».
Zelenskiy shuningdek, Putin bilan Donbassdagi vaziyatni muhokama qilish uchun uchrashuv o‘tkazilishiga ishonch bildirdi. Hozircha uchrashuv tartibi, joyi va vaqti belgilanmadi, dedi u.
Avvalroq Zelenskiy Putinga «Donbassning istalgan yerida uchrashish»ni taklif qilgandi.
Bunga javoban Putin Zelenskiy «istagan vaqtida» Moskvaga kelishi mumkinligini aytdi.
26 aprel kuni Zelenskiy Putin bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘z ofisi rahbari Andrey Yermakka topshiriq berganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026