Toşkent metropolitenining «Novza» bekati yaqinida poyezd vagoni texnik nosozlik oqibatida töxtab qoldi. Ijtimoiy tarmoqlarda metro yölovçilari tunnel böylab piyoda ketayotgani aks etgan video va fotolar tarqalmoqda.
«Juda bir ajoyib holat metroning içidan yuriş. 1400 sömga şunça holatni körsangiz böladi», deydi videolardan birining muallifi bölgan yölovçi.
Metrodagi nosozlik tufayli şahar jamoat transportida yuqori darajadagi tirbandliklar yuzaga keldi. «Çilonzor» yölida harakat töxtab qolgani tufayli bekatlarda töplanib qolgan yölovçilar taşqariga çiqişga majbur bölişgan.
Internetda «Paxtakor» bekati atrofidagi hududlar yer ostidan çiqqan va manziliga yetib olişga harakat qilayotgan odamlar bilan tölib ketgani aks etgan videolar paydo böldi.
«Özbekiston temir yöllari» soat 18:42ga kelib metro tunnelida poyezd töxtab qolişi holati böyiça izoh berdi.
«Bugun soat 17:50larda Toşkent metropolitenining «Çilonzor» yönalişidagi «Milliy boğ» va «Novza» stansiyalari oraliğida texnik sabablarga köra bitta harakat tarkibi töxtatildi. Barça yölovçilar xavfsiz evakuatsiya qilindi. Metroning uşbu yönalişida harakat davom etmoqda.
«Toşkent metropoliteni» unitar korxonasining rahbariyati yölovçilardan uzr söraydi va vaziyatni aniqlab oliş uçun işçi guruh tezkor taşkil etilganini ma'lum qiladi», deyiladi izohda.
Sönggi vaqtlarda Toşkent metrosida bu kabi holatlar odatga aylandi.
18 mart kuni metroning yer usti Sergeli yönalişi boşlaniş joyida ikki poyezd töqnaşib ketgandi. Öşanda töxtab qolgan tarkibga ortdan kelgan boşqa bir tarkib kelib urilgandi.
8 aprel kuni Toşkent metrosining Sergeli yerusti yölida ham poyezd töxtab qolgan, yölovçilar relslar böylab piyoda harakatlanişga majbur bölgandi. Keyinçalik metro rasmiylari şunday voqea bölişi metro yöli qurilayotgan vaqtdayoq kutilgani, biroq bu muammo kutilganidan avval yuz berganini ma'lum qilgandi.
Şuningdek, 10 aprelda Çilonzor yönalişida poyezd «Puşkin» bekatidan «Buyuk ipak yöli» bekatigaça eşikni yopmay harakatlangani haqida

















