Xalq ta'limi vazirligi Çiroqçida ayollarning maktab binosi qurilişi uçun yöl yopişi hodisasiga munosabat bildirdi. Unda yozilişiça, Çiroqçida YTH sodir bölgan hududda maktab qurilişi bu yilgi dasturga kiritilgan va avvalroq bundan aholi xabardor qilingan.
Munosabatda yozilişiça, prezidentning 2020 yilning 12–13 noyabr kunlari Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi doirasida ajratilgan qöşimça mablağ hisobiga mazkur hududda 99-maktab filiali örniga 176 örinli tölaqonli maktab yangi öquv yiligaça qurilişi rejaga kiritilgan va bu haqda hudud aholisi xabardor qilingan. Ayni damda maktabning loyiha-smeta hujjatlari tayyor va maktab qurilişi böyiça tenderga qöyilgan.
Qayd etilişiça, yangi maktab qurilişi natijasida Istiqlol mahallasining bolalari yölni kesib ötmasdan özining hududidagi maktabga qatnaş imkoni böladi va uşbu maktab filialiga tölaqonli maktab maqomi beriladi.
«Fursatdan foydalanib, aziz ota-onalardan farzandingizni serqatnov yöllardan maktabga borişida nazoratga olişingizni, haydovçilardan esa piyodalar yölakçalariga yaqinlaşganda tezlikni kamaytirib, diqqatni oşirişni, yöl harakati qoidalariga amal qilişlarini sörab qolamiz», deyiladi vazirlik munosabatida.
Eslatib ötamiz, 21 aprel kuni Qaşqadaryoning Çiroqçi tumanida A-378 «Samarqand — Ğuzor» avtomobil yölidan Samarqand tomon harakatlanib kelayotgan Isuzu yuk maşinasi piyodalar yölakçasidan ötayotgan 7 yoşli qizçani urib yuborgan. Oqibatda u vafot etgan.
Ma'lum bölişiça, qizça qöşni qişloqdagi maktabning tayyorlov guruhiga borayotgan bölgan. Şundan söng qizçaning hamqişloqlari bölgan bir guruh ayollar özlarida ham maktab qurib berilişini talab qilib, A-378 «Samarqand — Ğuzor» avtomobil yölini tösib qöygan.
Şundan söng Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi mazkur masalani öz nazoratiga olganini ma'lum qildi.
Samarqandda piyodalar yölakçasidan ötayotgan 9 yoşli qizni maşina urib yubordi

















