Sudyalar oliy kengaşi axborot xizmatining ma'lum qilişiça, jizzaxlik tadbirkor ayol Gyunel Aliyeva işi böyiça maqolalar Sudyalar oliy kengaşida körib çiqilib, maqolalarda tilga olingan holatlarni örganiş, şundan kelib çiqqan holda sudyalarning xatti-harakatlariga baho beriş yuzasidan xizmat tekşiruvi tayinlangan va natijasi haqida qöşimça axborot beriladi.

Avvalroq Kun.uz saytida «Tanqiddan söng: Oliy sud Jizzax quyi sudlaridagi mantiqsizlikka çek qöydi. Ammo...», «Tadbirkor Gyunel Aliyeva işi böyiça yana bir nohaqlik barham topdi. Jizzaxlik sudyalar öz xatolarini tuzatdi» sarlavhali maqolalar e'lon qilinib, ularda onlayn auksiondan köçmas mulk sotib olib, Jizzaxdagi sudyalarning mantiqsiz qarorlari sabab muammolar girdobiga kirib qolgan tadbirkor ayol Gyunel Aliyevaning huquqlari Oliy sudda tiklangan bölişiga qaramay, Jizzaxdagi sudlarda navbatdagi «közböyamaçiliklar» boşlangani, keyinçalik jizzaxlik sudyalar öz xatolarini tuzatgani haqida yozilgandi.

Şularga asosan maqolada mazkur işni körgan har ikki instansiyadagi sudyalar iş böyiça haqiqatni qaror toptirişni xohlamagani sababli tadbirkor ayol Gyunel Aliyevaning yillab sarson bölgani va avvalgi qarorni yangi oçilgan holat böyiça bekor qiliş ularning aybini yuva olmasligi ta'kidlanib, kim haq, kim nohaqligini körib turib ğayriqonuniy qaror va ajrimlar çiqargan sudyalarning intizomiy javobgarligi masalasi Sudyalar oliy kengaşida körib çiqilişi kerakligiga urğu berilgandi.