DSQ tomonidan işga tuşiriladigan 3ta onlayn xizmat xöjalik yurituvçi sub'yektlar örtasida elektron ma'lumotlarning tizimli va izçil almaşinuvini ta'minlaydigan, birlamçi buxgalteriya hujjatlarini avtomatlaştiradigan va soliq tölovçilarga soliq yukini keskin kamaytirişi kutilmoqda.

Bular:

– Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi;

– Yagona elektron şartnomalarning axborot portali;

– Elektron işonçnomalarni rasmiylaştiriş onlayn tizimi.

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi 249-sonli qarorida uşbu xizmatlarni integratsiyalaşning bosqiçma-bosqiç strategiyasi nazarda tutilgan:

– şartnomalar portalini işlab çiqiş va belgilangan tartibda «Elektron hukumat» tizimining idoralararo integratsion platformasiga ulaş;

– ştrix kodlarini körsatiş orqali mahsulotlarning (tovar va xizmatlar) unifikatsiyalaşgan nomlari va identifikatsiyalaş kodlarini aniqlaş imkonini beruvçi interaktiv xizmat joriy etiş va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiya qiliş;

– onlayn nazorat-kassa maşinalari va virtual kassa tizimiga mahsulotlarning (tovar va xizmatlarning) unifikatsiyalaşgan nomlari va identifikatsiyalaş kodlarini integratsiya qiliş.

Qaror bilan Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi tasdiqlandi. Katalog qulay bölib, unda 900 dan ortiq mahsulot tartib raqami, tovar va xizmatlar guruhlari, tasniflaş kodlari va ölçov birliklari mavjud. Uşbu katalogni kengaytiriş va töldirib boriş huquqi DSQga berildi.

«Eslatib ötamiz, Vazirlar Mahkamasining 1-son qaroriga muvofiq, hisobvaraq-fakturalar tovarlar (xizmatlar)ning Yagona elektron milliy katalogi böyiça identifikatsiya kodi va tovarlar (xizmatlar) ştrix kodi bilan töldiriladi.

Mahsulotlarning (tovar va xizmat) identifikatsiya kodlari va ştrix-kodlari onlayn-NKM yoki virtual kassalar tomonidan berilgan çeklarda aks ettirilgan bölişi lozim. Uşbu norma qarorda ham nazarda tutilgan.