Ötgan yil yetiştirilgan paxta hosilidan olingan çigitni mamlakatdagi 14ta klaster korxonasi birja savdolariga çiqarmagan. Bu haqda bugun, 3 may kuni boş prokuror örinbosari Ş.Rahimov rahbarligida paxta va kungaboqar yoği işlab çiqarilişini köpaytiriş, narx-navo barqarorligini ta'minlaş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişida ma'lum qilingan.
Qayd etilişiça, 2020 yilda 114ta paxta-töqimaçilik klasteri tomonidan jami 3 million 82 ming tonna paxta xomaşyosi yetiştirilgan. Bugungi kungaça uşbu paxta hosilidan olingan çigitning 748 ming tonnasi birja savdolarida sotilgan.
Biroq ayrim klaster korxonalari tomonidan olingan çigit töliq yoki umuman birja savdolariga qöyilmagan. Jumladan, mamlakatdagi 14ta klaster korxonasi paxta xomaşyosini qayta işlaşdan olingan çigitni birja savdolariga çiqarmagan.
Bundan taşqari, joriy yil aprel oyida ötgan yilning mos davriga nisbatan paxta hamda kungaboqar yoği keskin oşgan bölsa, ayrim savdo nuqtalarida mahsulot işlab çiqaruv nomiga (brend) köra qimmat narxlarda sotilgan.
Ta'kidlanişiça, yiğilişda sohada yöl qöyilayotgan kamçiliklar tanqid qilingan va Qoraqalpoğiston Respublikasi hamda viloyat prokurorlarining örinbosarlari, Departament, IIB rahbarlariga bu borada nazoratni kuçaytirib, aniqlangan qonunbuziliş holatlari böyiça qat'iy çoralar körib borişga oid topşiriqlar berilgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilda Özbekistonda paxta va kungaboqar yoğlari narxi keskin oşib ketdi. Bu esa aholining haqli e'tirozlariga sabab böldi. 30 aprel kuni prezident tomonidan joriy yil 30 dekabrgaça import qilinadigan yoğlarni QQS soliğidan ozod qiliş haqida qonun imzolandi.
Toşkent bozorlarida yarmarkadagi yoğ uçun navbatlar yuzaga kelmoqda












