“Aholini ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlaşga doir çoralar töğrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan Soliq kodeksiga qöşimçalar kiritildi. Unga köra, 2021 yil maydan 31 dekabrgaça quyidagilar qöşilgan qiymat soliğidan ozod qilindi:

  • Özbekiston hududiga ösimlik yoği, kungaboqar va ziğir uruği, şuningdek soya danagini olib kiriş;
  • ösimlik yoğini (paxta yoğidan taşqari) işlab çiqariş va (yoki) realizatsiya qiliş böyiça aylanma.

Qonunga muvofiq, 2021 yil 1 maydan 31 dekabrgaça:

  • ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan eksport bojxona bojlari kiritiladi;
  • tadbirkorlarga özlari tomonidan import qilingan kungaboqar yoği va kungaboqar uruğlarini qayta işlaş natijasida olingan ösimlik yoğining (TIF TN böyiça kodi 1512 11 – 1512 19) 50 foizidan oşmagan qismini eksport qilişga ruxsat beriladi.

Avvalroq, deputatlar ösimlik yoğini vaqtinça QQSdan ozod qiliş borasida qaror qabul qilib, u Senatda ma'qullangandi.

Kun.uz yilning 1-çoragida kungaboqar yoği, aprel oyida esa paxta yoğining narxi keskin oşib ketgani borasida tahliliy maqolalar e'lon qilgandi.

Şuningdek, Monopoliyaga qarşi qömita paxta yoği va çigit narxi nazoratini kuçaytirişi ma'lum böldi.