“AGRO BRAVO” MÇJning Samarqand şahar elektr ta'minoti korxonasi bilan iste'mol qilingan elektr energiyasi hisob-kitoblarida yuzaga kelgan noaniqliklarni bartaraf etiş yuzasidan “Özenergoinspeksiya” Samarqand hududiy bölimi tomonidan örganiş ötkazildi.

“Özenergoinspeksiya” Matbuot xizmati ma'lumotlariga köra, örganiş natijalari böyiça “Samarqand HETK” AJ tasarrufida bölgan 110/10 kV kuçlanişli “Mikrorayon” podstansiyasidan çiquvçi va “AGRO BRAVO” MÇJga tegişli bölgan Samarqand şahri Buyuk ipak yöli köçasi 102-manzilda joylaşgan işlab çiqariş sexi hamda savdo dökonini elektr energiyasi bilan ta'minlovçi 118-sonli fiderda 100/5 koeffitsiyentli tok transformatorlari örnatilganligi, lekin Samarqand şahar elektr ta'minoti korxonasi tomonidan 150/5 tok transformatori koeffitsiyenti bilan hisob-kitob qilinayotgani aniqlandi.

Buning oqibatida ta'minot korxonasi tomonidan 2018 yil mart oyidan 2021 yil aprel oyigaça iste'molçiga nisbatan iste'mol qilinmagan jami 2 228 932 kVt*soat aktiv energiya ortiqça hisoblangan va tölovlar undirilganligi aniqlandi. Qayta hisob-kitob qilinişi lozim bölgan elektr energiyasining hozirgi kundagi narxi 1 003 019 400 sömni taşkil etadi.

“Özenergoinspeksiya” Samarqand hududiy bölimi tomonidan aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan “Samarqand HETK” AJga körsatma berildi. Uşbu körsatma ijrosini ta'minlaş maqsadida “Samarqand HETK” AJ tomonidan iste'molçi foydasiga qayta hisob-kitob işlari amalga oşirildi.