Fransiya Jyersi orolini elektr ta'minotisiz qoldiriş haqida tahdid qilganidan söng Buyuk Britaniya orolga ikkita patrul kemasini jönatmoqda. Bu haqda Britaniya hukumati bayonotida ma'lum qilindi.

Britaniya boş vaziri Boris Jonson Jyersi oroli boş vaziri Jon Le Fondre va taşqi işlar vaziri Yan Gorst bilan muloqoti çoğida orolni qöllab-quvvatlaşini ta'kidlagan.

«Har qanday qamal özini mutlaqo oqlamaydi», — degan u.

Bi-bi-si xabariga köra, orolga HMS Severn va HMS Tamar patrul kemalari jönatiladi. 

Jyersi oroli Fransiyaning şimoliy sohilidan 23 km va Buyuk Britaniya janubiy sohilidan 140 km masofada joylaşgan. U Buyuk Britaniya qirolligi mulki hisoblanadi, ammo Birlaşgan qirollik tarkibiga kirmaydi.

Avvalroq Fransiya uşbu hududda baliq ovlaş qoidalari özgargani sababli orolga elektr energiyasi berişni töxtatişi mumkinligini bildirgandi. Parijning fikriça, orol sohillari yaqinida fransuz kemalarining baliq ovlaşi taqiqlanişi Brexit töğrisidagi kelişuvga zid.

Jyersi rahbariyati Buyuk Britaniya va YeI örtasidagi savdo kelişuviga muvofiq yangi qoidalar joriy etgan. Qoidalarga köra, fransuz kemalari egalari uşbu hududda ilgari baliq tutiş bilan şuğullanganini tasdiqlaşi lozim. Şundan sönggina Jyersi hukumati ularga litsenziya beradi. 

Fransiya dengiz vaziri Annik Jirarden Parij bunga qarşi javob çoralarini körişi mumkinligini aytgan.

U Fransiyadan orolga elektr yetkazib beruvçi suvosti kabelini eslatgan va kerak bölsa, elektr uzatiş töxtatilişini aytgan. Reuters agentligining ma'lumot berişiça, Jyersi 95 foiz elektr energiyasini Fransiyadan oladi.