Hindistonda ikkinçi marta 400 mingdan ortiq sutkalik koronavirus yuqtiriş holatlari qayd etildi. Pandemiya boşlanganidan buyon koronavirus yuqtirganlar soni 21 mln 77 ming 410 nafarga yetdi.
Hindistonda 4 may kuni koronavirus yuqtiriş holatlari soni 20 millionga yetgandi.
Mamlakat soğliqni saqlaş vazirligi ma'lumotlariga köra, 6 may kuni 412 262ta holat qayd etildi, deb xabar beradi Times of India. 1 may kuni 401 993ta holat aniqlangandi.
Kasallik holatlari soni böyiça Hindiston AQŞdan keyin ikkinçi örinda turibdi.
Mamlakatda tibbiy kislorodga bölgan talab aprel oyidagiga nisbatan yetti baravarga oşgan.
Ötgan haftada AQŞ, Buyuk Britaniya, Germaniya va boşqa mamlakatlar Hindistonga dori-darmon, testlar va boşqa tibbiy jihozlar jönatişni boşladi.

















