Hindistonda infeksiya yuqtirib oliş bilan boğliq vaziyat öta oğirligida qolmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda bemorlar uçun kasalxonalarda joy yöqligi, dori-darmon yetişmovçiligi yuzaga kelgani haqida turli ma'lumotlar tarqaldi. Ölimlar soni köpligidan jasadlar ommaviy tarzda köçalarda yoqib yuborilayotgani qayd etilyapti. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lum qilişiça, koronavirusning “hindça” ştammi öta yuqumli va antitanalarga çidamliligi bilan öta xavfli hisoblanadi.

“Hindça” ştamm kirişining oldini oliş maqsadida ayrim davlatlar Hindiston bilan aloqalarini töxtatdi. Ayni paytda Özbekistondan ham Hindistonga aviaqatnovlar amalga oşirilmoqda. Transport vazirligi matbuot xizmati rahbari Navröz Aşurmatovning Kun.uz muxbiriga bergan xabariga köra, “qizil” toifaga kiruvçi davlatlar bilan havo qatnovini töxtatiş yoki qayta tiklaş faqatgina Respublika maxsus komissiyasi tomonidan amalga oşiriladi.

“Hindistonning Dehli şahriga haftada ikki marotaba Toşkentdan reyslar yölga qöyilgan. Maxsus komissiya tomonidan örganib çiqilgaç, uning xulosasi asosida vazirlik tomonidan Hindistonga aviaqatnovlar kamaytirilişi yoki töxtatilişi mumkin. Hozirgi vaqtda koronavirus infeksiyasi tarqalişining oldini oliş maqsadida respublikamizga aviaqatnovlarda kirib kelayotgan barça yölovçilar PZR usuli bilan COVID-19’ga manfiy natijali ma'lumotnomani taqdim etişi orqali nazorat qilinmoqda”, dedi u.

Öz navbatida, Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz muxbiriga ma'lum qilişiça, Özbekiston hududida hozirgi vaqtda koronavirusning “hindça” ştammi bilan kasallaniş holati qayd etilmagan.

Sönggi kunlarda Hindiston koronavirusga çaliniş holatlarining qayd etilişi böyiça dunyoda peşqadamlik qilmoqda. 4 may kuni sutkalik ösiş 355 mingtani taşkil etdi, 30 aprel kuni 400 mingdan ortiq holat qayd etilgandi.

1 may kuni qayd etilgan statistika mamlakatda jami 19,1 million holat qayd etilib, 15,6 milliondan ortiq kişi soğaygan, 211 ming bemor vafot etganligini bildirgan bölsa, bugunga kelib koronavirusga çalinganlar soni 20 million 200 mingdan oşib ketdi. Soğayganlar soni 16,6 millionni taşkil etadi, kasallikdan vafot etganlar 222 mingdan oşgan. Ölimlar soni böyiça Hindiston ayni paytda jahondagi uçinçi yuqori körsatkiçga çiqqan mamlakat bölib qoldi.