Özbekiston xalqaro islom akademiyasida rektor özgardi.
Akademiyaga endilikda prezidentning Jamoat va diniy taşkilotlar bilan hamkorlik qiliş masalalari böyiça davlat maslahatçisi Rustam Sobiroviç Qosimov rahbarlik qiladi.
«Huquqiy axborot» ma'lumotiga köra, hukumatning 21 noyabrdagi qarori bilan Qosimovga akademiya rektori vazifasini bajariş yuklatilgan.

Toşkentda qurilişi davom etayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi, 2019 yil 20 noyabr.
Xalqaro islom akademiyasini 2018 yil avgustidan buyon Şuhrat Akmaloviç Yovqoçev boşqarib kelayotgan edi.
Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev keça, 20 noyabr kuni qurilişi davom etayotgan Özbekiston islom sivilizatsiyasi markaziga taşrif buyurgan edi.
Ma'lumot uçun, Rustam Qosimov Özbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi rektori hamdir.
U 2004 yil mayidan 2008 yilgaça Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri bölgan, 2004 yil oktyabridan bir vaqtning özida Boş vazir örinbosari sifatida faoliyat yuritgan. 2009-2011 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga rektorlik qilgan Qosimov faoliyatida bir muddat tanaffus yuzaga kelgan. U 2016 yilning sentyabrida yana Boş vazirga örinbosar bölgan, Alişer Vahobov örniga Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri etib tayinlangandi.
U 2017 yil iyunida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatçisi birinçi örinbosari – Taşkiliy-kadr xizmati rahbari – Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga tayinlangan, 2017 yil noyabr oyi oxirida esa Özbekiston Respublikasi Prezidentining Fan, ta'lim, soğliqni saqlaş va sportni rivojlantiriş masalalari böyiça Davlat maslahatçisi sifatida

















