Agar inson tafakkur qilmasa, özini örganmasa qanday imkoniyatlarga ega ekanini bila olmaydi. Mamlakatlar ham xuddi inson kabidir. Agar qaysidir yurtda aql egalari içki imkoniyatlarni işga solsa, öşa mamlakat rivojlaniş sari yuz tutadi.

Şu bois keyingi yillarda yurtimizda sanoat işlab çiqariş hajmini oşiriş va eksport mahsulotlar miqdorini köpaytirişga katta e'tibor qaratilmoqda. Buning zamirida xalqimiz farovonligini ta'minlaş va dunyo bozorida özbek mahsulotlarining munosib örnini topişdek ezgu maqsad mujassam.

Taşqi bozorda öz örni va mavqeyiga ega bölib borayotgan Artel kompaniyasi ham eksport mahsulotlari bilan mamlakat rivojiga hissa qöşib kelyapti. Birgina misol, 2021 yilning dastlabki çoragida 20 million dollarlik mahsulot eksport qilişga erişildi.

2020 yili eksport mahsulotlarining katta uluşi — 35 foizi yon qöşnimiz Qozoğiston Respublikasi hissasiga töğri keladi. Artel’ning ilk taşqi bozorlaridan biri bölgan uşbu mamlakatda birgina oşxona plitalarining 65 foizini milliy mahsulotimiz taşkil etayotgani quvonarlidir. Bunga esa öz-özidan erişilgani yöq. Negaki, Artel bundan 10 yil avval – 2011 yildan boşlab oşxona plitalarini işlab çiqarişni boşlagan bölsa şu kungaça tinimsiz ravişda mahsulotni takomillaştiriş ustida iş olib bordi. Natijada, zamonaviy dizaynga va yuqori darajadagi tejamkorlikka ega mahsulot işlab çiqarişga erişdi. Sifat standartining bunday yaxşilanişi nafaqat içki, balki taşqi bozorda ham bugun öz sözini aytmoqda.

Ammo bu hali imkoniyatlarimizdan töla foydalana oldik, degani emas. Masalan, birinçi çorakdagi eksport mahsulotlarining 20 foizi Rossiya Federatsiyasiga töğri kelgan. Uşbu mamlakatda katta iste'mol bozori borligini hisobga olsak bu boradagi işlarni jadal rivojlantiriş kerak ekani oydinlaşadi. Artel aynan şu maqsadda bugun qator xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni keng yölga qöymoqda.

Masalan, Yaman Respublikasiga yurtimizda işlab çiqarilgan kondensioner, dudburon, oşxona plitasi, mikrotölqinli va mini peçlar, çangyutkiç, kir yuviş maşinasi, televizor, sovitkiç hamda mobil telefonlar yuborildi. E'tiborlisi, uşbu mahsulotlar 130 ming AQŞ dollaridan ziyod mablağ keltirdi. Kelgusida uşbu körsatkiçni yanada yaxşilab umumiy eksport miqdorini 5 million AQŞ dollariga yetkaziş közlangan.

Yana bir yangi hamkorimiz Tanzaniya Birlaşgan Respublikasiga 100 ming AQŞ dollari miqdoridagi mahsulot eksport qilindi. Şu bilan birga Suriya bilan ham savdo aloqalarini yaxşilaş borasida tomonlar şartnoma imzolaşga erişdi. Hozirça uşbu mamlakatga sovutgiç, televizor, kir yuviş maşinalari yetkazib beriş nazarda tutilgan bölsa, kelgusida mahsulot turi va miqdori köpayişi kutilyapti.