10 may kuni Özbekiston Oliy sudining Jinoyat işlari böyiça sudlov hay'atida «Sardoba işi»ga oid yopiq sud jarayonlari nihoyasiga yetdi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati ma'lum qildi.

«Uşbu jinoyat işi bevosita davlat sirlari bilan boğliq bölganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi 1-qismi talablariga muvofiq yopiq tarzda körib çiqildi», – deyiladi rasmiy axborotda.

Sud hukmiga köra:

M. Xolmatov – «Öztemiryölqurilişmontaj» UK boş direktorining örinbosari – Gidrotexnik inşootlar quriş direksiyasi boşliği lavozimida işlagan –

– JKning 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi (toğ-kon, qurilish yoki portlatiş işlari xavfsizligi qoidalarini buziş) 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga ötaş uçun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan boğliq lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qiliş jazosini umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilandi.

S. Rudnev – «UzGIP» MÇJ Istiqbolli loyihalarni rejalaştiriş bölimi boşliği lavozimida işlagan –

– JKning 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlari va 258-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga ötaş uçun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan boğliq lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş va BHMning 600 baravari miqdorida 133 800 000 söm jarima jazolari tayinlandi. Ozodlikdan mahrum qiliş jazosini manzil koloniyalarda ötaş belgilandi.

S. Abdunazarov – «Sirdaryo suv qurilish invest» DUK rahbari lavozimida işlagan –

– JKning 167-moddasi 3-qismi «a», «v» bandlari va 209-moddasi 2-qismi «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga ötaş uçun uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan boğliq lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qilgan holda