Özbekiston Harbiy sudi va ayrim viloyat sudlari rais örinbosarlari lavozimiga tayinlovlar amalga oşirildi. 

Sudyalar oliy kengaşi xabariga köra, kuni keça Özbekiston prezidenti bu haqdagi tegişli farmoyişga imzo çekdi.

Farmoyişga binoan:

  • Zafar Ziyakuloviç Allabayev sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyat sud raisining örinbosari – fuqarolik işlari böyiça sudlov hay'ati raisi lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan Surxondaryo viloyat ma'muriy sudining raisi vazifasidan ozod etildi;
  • Boboxon Xodjiakbaroviç Vaxobov sudyalik vakolati muddati davriga Farğona viloyat sudi raisining örinbosari – jinoyat işlari böyiça sudlov hay'ati raisi lavozimiga tayinlandi (bungaça Farğona viloyat sudining jinoyat işlari böyiça sudyasi lavozimida işlagan);
  • Alişer Abduxamidoviç Madaminov sudyalik vakolati muddati davriga Farğona viloyat sudi raisining örinbosari – iqtisodiy işlar böyiça sudlov hay'ati raisi lavozimiga tayinlandi (bungaça Farğona viloyat sudining iqtisodiy işlar böyiça sudyasi lavozimida işlagan);
  • Ötkir Abduğaffaroviç Mamadaliyev sudyalik vakolati muddati davriga Qaşqadaryo viloyat sudi raisining örinbosari – jinoyat işlari böyiça sudlov hay'ati raisi lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan jinoyat işlari böyiça Samarqand viloyat sudi raisining örinbosari lavozimidan ozod etildi;
  • Gavhar Dusbekovna Olimova sudyalik vakolati muddati davriga Sirdaryo viloyat sudi raisining örinbosari – fuqarolik işlari böyiça sudlov hay'ati raisi lavozimiga tayinlandi (bungaça Sirdaryo viloyat sudining fuqarolik işlari böyiça sudyasi lavozimida işlagan);
  • Rahmatilla Salaydinoviç Orziqulov sudyalik vakolati muddati davriga Jizzax viloyat sudi raisining örinbosari – jinoyat işlari böyiça sudlov hay'ati raisi lavozimiga tayinlandi (bungaça Oliy sud sudyasi lavozimida işlagan);
  • Akmal Hoşimoviç Rahimov sudyalik vakolati muddati davriga Sirdaryo viloyat sudi raisining örinbosari – iqtisodiy işlar böyiça sudlov hay'ati raisi lavozimiga tayinlanadi (bungaça Farğona tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimida işlagan);
  • Umidjon Şaribjonoviç Şokirov sudyalik vakolati muddati davriga Özbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining örinbosari lavozimiga tayinlandi (bungaça Harbiy sudining sudyasi lavozimida işlagan);
  • Farhodjon Boqijonoviç Ğaniyev sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyat sudi raisining örinbosari – jinoyat işlari böyiça sudlov hay'ati raisi lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan jinoyat işlari böyiça Farğona viloyat sudi raisining örinbosari lavozimidan ozod etildi.