Marğilon şahrida voyaga yetmagan fuqaro özganing avtomobilidan 5 300 dollar va 1 000 000 söm pullarni öğirlab voqea joyidan yaşiringan. Bu haqda Farğona viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga köra, joriy yilning 8 may kuni Marğilon şahar, «Navröz» MFY hududida yaşovçi fuqaro X.S. IIBga murojaat qilib, unda noma'lum şaxs yaşaş xonadoni oldida eşiklari qulflanmagan holda qarovsiz qoldirilgan «Gentra» rusumli avtomaşinasi salonidan 5 300 AQŞ dollari va 1 000 000 söm pullarini yaşirin ravişda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yaşiringanini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Marğilon şahar IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Şahar içki işlar bölimi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida uşbu jinoyatni voyaga yetmagan P.S. sodir etgani aniqlanib, u protsessual tartibda uşlangan.