Rossiya poytaxti Moskvada hayit namozi jamoat bilan öqilmaydi. Bu haqda Rossiya musulmonlar idorasi ma'lum qilgan. Moskvaning uçta masjidida diniy taşkilotlar xodimlarigagina kirişga ruxsat beriladi va ular ado etadigan hayit namozi onlayn translatsiya qilinadi. Rossiya musulmonlar idorasi Moskvada heç bölmasa 100 ming kişigaça bölgan musulmonlar iştirokida ibodatni ado etiş böyiça sörov bilan çiqqan, lekin şaharda karantin çeklovlari amal qilayotganini eslatgan Moskva meriyasi rad javobini bergan. Şuningdek, jamoat bölib hayit namozini öqişga uringanlar va taşkilotçilar jazolanişi aytilgan.

«Albatta, Moskva qatorida yana bir neçta şaharlarda ibodatni jamoat bölib ato etiş va jamoat namozidagi huşuni birgalikda tuya olmayotganimizdan afsusdamiz. Biroq masjidga bormaslik orqali hayotimizni saqlab qolamiz va boşqalarning virus yuqtirişi, ölim holatlari köpayişiga sababçi bölib qolmaymiz», degan Rossiya muftiysi Ravil Gaynutdin musulmonlarga murojaatida.

Ma'lumot uçun, Rossiyada 20 milliondan ortiq musulmon bor. Moskvada rasman 13 milliondan ortiq odam istiqomat qiladi. Muhojirlar bilan hisoblaganda, poytaxtda 3 million atrofida musulmonlar yaşaydi. Moskvada 6 ta yirik masjid va 100 dan ortiq ibodat uylari mavjud.