Ötgan 3 yil içida dunyoda Brent neftining narxi va unga nisbatan Ai-80 benzinining narxi şakllanişiga oid qisqaça raqamlar quyidagiça:

2019 yil dekabrda jahon bozorida Brent neftning narxi 65 dollar, Özbekistonda Ai-80 benzini esa 4500 söm (0,47 dollar) edi. Pandemiya davrida esa brent neftning narxi ikki barobar arzonlaşi (30 dollar) natijasida, Ai-80 benzini narxida ham tuşiş kuzatildi (4000 söm). Biroq 2020 yil oxirida narx yana kötarildi. Brent – 47 dollar. Ai-80 – 5000 söm (0,48 dollar).

2021 yil may oyida esa jahon bozorida Brent nefti 68 dollar, Özbekistondagi AYoQŞlarda Ai-80 markali benzin 5800 söm (0,55 dollar)dan sotila boşlandi.

Kun.uz Tovar-xomaşyo birjasidan olgan ma'lumotga köra, sönggi 2 hafta içida benzin narxi oşişi – sotuvçi kompaniyalar boşlanğiç narxni kötargani bilan izohlanadi.

«Sönggi 2 haftada, ya'ni 2021 yilning 26 aprelidan 5 mayigaça bölgan davrda sotuvçi korxonalar 80 markali avtomobil benzinining boşlanğiç narxini mahsulotning bir tonnasi uçun örtaça 6361,8 ming sömdan 6635,2 ming sömgaça, ya'ni 4,3 foizga oşirgan.

Mos tarzda birja savdolari böyiça narxlar ham 4,3 foizga oşib, mahsulotning bir tonnasi uçun 6635,5 sömni taşkil qildi. Ösiş auksion evaziga amalga oşmadi. Uşbu davrda birja savdolariga qöyilgan benzinning atigi 37 foizi sotilgan.

Faqatgina 6 mayda ötkazilgan birja savdolarida biroz talab kötarildi va narxlar mahsulotning bir tonnasi uçun 6715,8 ming sömni taşkil qildi», – deyiladi UzEx şarhida.

2020 yil 1 maydan boşlab Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yonilğisi (şu jumladan EKO markali dizel yonilğisi) neftni qayta işlaş zavodlari tomonidan faqat birja savdolari orqali sotila boşlangan edi.

Rasmiy tartibga köra, sotuvçi korxonalar avtomobil benzini uçun boşlanğiç narxni erkin va mustaqil ravişda örnatişadi. Birja savdolari esa mana şu boşlanğiç narxlardan boşlanadi.

Statistika qömitasiga köra, 2021 yilning 1-çoragida avtomobil benzini 291,3 ming tonna işlab çiqarilgan, bu – ötgan yilning mos davriga nisbatan atigi 3 foiz köproq degani.

Taqqoslaş uçun, 2021 yil 1 yanvar holatiga Özbekistonda jismoniy şaxslar egalik qiladigan avtotransport vositalari soni bir yil oldingiga