Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 5 maydagi qarori bilan Içki audit xizmati xodimlarini sertifikatlaş tartibi töğrisida nizom tasdiqlandi.
Nizomga asosan sertifikat auditorlarning respublika jamoat birlaşmasi tomonidan 5 yil muddatga beriladi. Keyinçalik muddat 10 yillik muddatga va muddatsiz davrga uzaytirilişi mumkin. Sertifikat içki auditorning professional malakasini tasdiqlaydi va sertifikat egasiga tadbirkorlik sub'yektlarining içki audit xizmatida faoliyat körsatiş huquqini beradi.
Auditorlarning respublika jamoat birlaşmalari (Özbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi hamda Özbekiston auditorlar palatasi)ning vakolatlari belgilandi:
- malaka imtihonini ötkazişni taşkil qiladi, şuningdek, özlarining veb-saytlariga malaka imtihonini ötkaziş sanasi, vaqti va joyi töğrisidagi axborotni joylaştiradi;
- test savollariga kiritilgan fanlar böyiça mavzularni veb-saytiga joylaştiradi;
- malaka oşirişning namunaviy dasturini tasdiqlaydi;
- talabgorlarni malaka imtihoniga qöyiş yoki rad etiş töğrisida qaror qabul qiladi.
Sertifikat olişga talabgor quyidagi talablarga javob berişi kerak:
- oliy iqtisodiy ma'lumotga hamda oliy ta'lim muassasasini bitirganidan keyin oxirgi ön yildan kamida ikki yil buxgalteriya hisobi va audit, soliq maslahati va moliya sohasida yoki oliy ta'lim muassasalarida “Buxgalteriya hisobi” yoxud “Audit” fanidan ta'lim beriş sohasida amaliy iş stajiga (şu jumladan, örindoşlik asosida) ega böliş;
- xalqaro sertifikat doirasida “Moliyaviy hisob” fanini muvaffaqiyatli topşirganligi töğrisidagi hujjatga ega böliş.
Malaka imtihonini ötkazuvçi komissiya tarkibiga auditorlarning respublika jamoat birlaşmalari vakillari va buxgalteriya hisobi, audit, soliq va xöjalik huquqi sohalarining yetakçi mutaxassislari kiritiladi.
Komissiya auditorlarning respublika jamoat birlaşmalari tomonidan kamida beşta a'zodan, şu jumladan, komissiya raisidan iborat tarkibda tuziladi.
Sertifikat egasi sertifikatini olgan yildan keyingi yilidan boşlab har yili auditorlarning respublika jamoat birlaşmalari tomonidan tasdiqlangan malaka oşiriş namunaviy dasturi böyiça 20 soatdan kam bölmagan hajmda malaka oşiriş kurslarini ötişi şart. Içki auditorlar malakasini oşiriş buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi xalqaro taşkilotlarda akkreditatsiyadan ötgan öquv markazlari tomonidan amalga oşiriladi.

















