2021 yil 13 may kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Tojikiston favqulodda va muxtor elçisi etib tayinlangan Abdujabbor Aziz Rahmonzodani qabul qildi.

Taşqi işlar vazirligi xabariga köra, vazir işonç yorliqlari nusxasini qabul qilib olib, elçini Özbekistonda faoliyat boşlagani bilan tabriklagan hamda uşbu yuqori va mas'uliyatli lavozimda muvaffaqiyatlar tilagan.

“Uçraşuv çoğida ikki birodar mamlakat yetakçilarining siyosiy irodasi sababli bugungi kunda döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklikka asoslangan Özbekiston-Tojikiston munosabatlari jadal rivojlanayotgani, yangi yönalişlarni qamrab olib, amaliy mazmun bilan boyiyotgani qayd etildi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, tomonlar oliy va yuqori darajada bölib ötadigan tadbirlar jadvalini körib çiqqan hamda mintaqaviy va xalqaro masalalar böyiça fikr almaşgan.

Ma'lumot uçun, Abdujabbor Aziz Rahmonzoda uşbu lavozimda 2017 yildan buyon Tojikistonning Özbekistondagi diplomatik vakolatxonasini boşqarib kelgan Sodiq Imomiyni almaştirdi.

2014 yil dekabr oyidan buyon Abdujabbor Aziz Rahmonzoda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning ijtimoiy rivojlaniş va jamoatçilik bilan aloqalar böyiça yordamçisi sifatida işlab kelayotgandi.