Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan paxta yoği narxlari keskin oşgani yuzasidan örganiş natijalarini ma'lum qildi.

Aniqlanişiça, 2021 yil aprel oyi davomida birja savdolariga 40ta paxta-töqimaçilik klasteri tomonidan texnik çigit savdolarga qöyilgan va qöyilayotgan texnik çigitning boşlanğiç narxlari aprel oyida örtaça 38 foizga kötarilgan.

Şuningdek, ösimlik yoği narxining oşişiga, asosan, kungaboqar uruğlari işlab çiqariş va eksportning qisqarişi bilan boğliq taşqi muhit ham ta'sir körsatmoqda.

Ayrim paxta-töqimaçilik işlab çiqariş taşkilotçilari vaziyatdan foydalangan holda, paxta çigiti narxini asossiz oşirişgan, bu esa öz ta'sirini paxta yoğining narxiga ham körsatgan.

Bunda, birja savdolarida texnik çigitning boşlanğiç narxlarini kelişib sun'iy oşiriş va raqobat töğrisidagi qonunçilik talablari buzilişi alomatlari yuzasidan 34 ta paxta-töqimaçilik klasteriga nisbatan iş qözğatilgan.

Ma'lumot uçun, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 yanvardagi 53-son qarorining 2-bandiga muvofiq, paxtadan olingan çigit paxta-töqimaçilik işlab çiqariş taşkilotçisi tomonidan yoğ-moy korxonalariga birja savdolari yoki mahsulotni qaytariş asosida sotilişi belgilangan.

Avvalroq, birja savdolarida paxta yoğining kunlik örtaça narxlari mahsulotning bir tonnasi uçun 15 mln sömdan 17,2 mln sömgaça, ya'ni 14,8 foizga qimmatlaşgani ma'lum qilingandi.

Şuningdek, ötgan yil yetiştirilgan paxta hosilidan olingan çigitni mamlakatdagi 14ta klaster korxonasi birja savdolariga çiqarmagani xabar qilingandi.