Kitob bilan döstlaşgan kişi yomonliklardan yiroq böladi. Çunki mutolaa insonni ma'naviy kamolotga eriştirib, jamiyatda öz örnini topişiga xizmat qiladi. Bu insoniyat tarixida köp bora isbotini topgan haqiqat. Zero, doim ilm-ma'rifatga e'tibor qaratgan jamiyat taraqqiy topgan. Ayni sabab tufayli bugun mamlakatimizda kitobxonlikka e'tibor kuçaytirilib, bu boradagi işlar yangi bosqiçga kötarildi.
2021 yil 15 may kuni poytaxtimizdagi akademik F.N.Rusanov nomidagi Toşkent botanika boğida Artel kompaniyasi tomonidan 20 ta “Kitob uyçalari”ni örnatişga bağişlangan tadbir bölib ötdi. Unda vazirlik, idora, taşkilot vakillari hamda jurnalist, blogerlar va kitobxonlar iştirok etdi.

Avvalo Artel kompaniyasi Boşqaruv Raisi Qobil Toşmuhammedov “Kitob uyçalari”ga ramziy kitob qöyib berdi. Şundan söng, tadbirga taşrif buyurgan mehmonlar ham özlari bilan olib kelgan kitoblarni “Kitob uyçalari”da qoldirdi.
Ta'kidlaş kerak, uşbu loyiha şahrimiz aholisi va mehmonlar uçun kitob almaşib öqiş imkonini beradi. Ya'ni uşbu uyçalardan siz özingiz istagan kitobni olib mutolaa qilişingiz va özingizdagi kitoblarni u yerda qoldirişingiz mumkin. Bu loyiha orqali Artel kompaniyasi xalqimizga, ayniqsa, yoşlarimizga ilm va tafakkur manbaini ulaşişni niyat qilgan.

– Kompaniyamizning maqsadi faqat işlab çiqariş, mamlakat sanoatini rivojlantirişdan iborat emas. Balki xalqimizning intellektual salohiyatini oşiriş, yuksak ma'naviyatli, malakali kadrlarni tayyorlaşda munosib hissa qöşiş hamdir, - deydi Artel kompaniyasi Boşqaruv Raisi Qobil Toşmuhammedov. – Kelgusida uşbu loyihani davom ettirib boşqa istirohat boğlariga ham “Kitob uyçalari”ni örnatiş niyatidamiz. Bu orqali kitobsevar xalqimizga mutolaa uçun qulaylik yaratib bermoqçimiz.

Darhaqiqat, jamiyatda keskin özgarişlar röy berayotgan vaqtda davlat idoralari, taşkilot va yirik işlab çiqariş korxonalari ilm-fanga homiylik qilişi, ularni bevosita qöllab-quvvatlaşi kerak. Bu jahon tajribasida korporativ ijtimoiy mas'uliyat – taşkilot va korxonalar daromad oliş bilan birga, jamiyat rivojiga öz hissasini qöşiş, deyiladi. Aytiş kerak, Artel kompaniyasi jamiyat rivoji uçun ulkan hissa qöşib kelayotgan yirik korxonalardan biri hisoblanadi.


















